Foydalanish Shartlari
Veb-saytimizga tashrif buyurganingiz va xizmatlarimizdan foydalanganingiz uchun tashakkur. Iltimos, "Malika Ustasi" (keyingi o'rinlarda "Biz") xizmatlaridan foydalanishdan oldin ushbu shartlarni diqqat bilan o'qib chiqing.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu veb-saytdan foydalanish orqali Siz ushbu Foydalanish shartlariga to'liq rozilik bildirasiz. Agar siz ushbu shartlarning biror qismiga rozi bo'lmasangiz, veb-saytimizdan foydalanmasligingizni so'raymiz.
2. Xizmatlarni taqdim etish
Biz mobil qurilmalarni ta'mirlash, ehtiyot qismlarini almashtirish va dasturiy ta'minotni sozlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatamiz. Veb-saytda keltirilgan narxlar va muddatlar taxminiy bo'lib, qurilmani bevosita ko'zdan kechirgandan so'ng yakuniy narx belgilanadi.
3. Kafolat shartlari
Biz bajargan ishimizga va o'rnatilgan ehtiyot qismlarga (asl nusxadagi detallarga) odatda 6 oygacha kafolat beramiz. Biroq, qurilma mijoz tomonidan tushirib yuborilsa, suvga tushsa yoki boshqa ustaxonada ochilsa kafolat o'z kuchini yo'qotadi.
4. Sayt mazmunidan foydalanish
Veb-saytdagi barcha materiallar (matnlar, dizayn, logotiplar) himoyalangan. Ulardan ruxsatsiz tijorat maqsadida nusxa ko'chirish va tarqatish taqiqlanadi.
5. Ma'suliyatni cheklash
Biz veb-sayt uzluksiz va xatosiz ishlashiga harakat qilamiz, lekin internet tarmog'idagi uzilishlar yoki uchinchi shaxslarning harakatlari tufayli kelib chiqadigan muammolar uchun javobgar bo'lmaymiz.
6. O'zgartirishlar
Ushbu Foydalanish shartlariga istalgan vaqtda o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qolamiz. O'zgarishlar veb-saytda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.